Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining yettinchi chaqiriq beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining yettinchi chaqiriq beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari R.Siddiqov, O.Musurmonovlar ishtirok etdilar. Sessiya kun tartibida 2025-yilda tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman Xalq qabulxonasi, tuman prokuraturasi, tuman ichki ishlar bo’limi, Majburiy ijro byurosi Baxmal tumani bo‘limi, tuman Adliya bo’limining 2024-yil davomidagi faoliyati, tuman tibbiyot birlashmasining 2024-yil davomida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti va tuman mahalliy budjetining 2024-yil 12 oylik ijrosi to‘g‘risida hamda tuman budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalalar ko‘rib chiqildi. Bo'lib o'tgan sessiyada deputatlar fikr mulohazalarini bildirib o‘tdilar.Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tuman Kengashi deputatlari tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarni inobatga olgan holda tegishli qarorlar qabul qilindi.