2024- yil 6- noyabr Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi.
✅Unda tuman saylov komissiyasi raisi Surayyo Abduraxmanovaning joriy yil 27-oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
✅Sessiya ishida Jizzax viloyati hokimining maslahatchisi Xamdamov Rustam Xamdamovich ishtirok etdi.
✅Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.
✅Sessiyada Jizzax viloyati hokimi tomonidan Baxmal tumani hokimi lavozimiga Ergashev Aziz Mamarasulovich nomzodi ko‘rsatilganligi
bildirildi.
✅Ergashev Aziz Mamarasulovich Baxmal tumani hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.