Baxmal tumanida "Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla" dasturi doirasida ishlari davom etmoqda.
🔰 Baxmal tumani "Novqa" mahallasida "Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla" dasturi doirasida mahalla raisi hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Saidova Xafiza Donaboyevna-ning tashabbusi bilan hududni chiqindilardan holi hududga aylantirish va kelib-ketuvchi horijiy hamda mahalliy mehmonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida "EKO SFERA" MCHJ Baxmal filiali tomonidan mahalladagi aholi gavjum joylarga chiqindi to‘plash qutilari joylashtirildi.