Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Maxalla yettiligi hamkorligi
янв.21
Baxmal tumanida "Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla" dasturi doirasida ishlari davom etmoqda.
янв.21
Бахмал тумани Фидокор маҳалла фуқаролар йиғинида Ободонлаштириш ишлари давом этмоқда.
янв.21
Baxmal tumani "Mustaqillik" mahallasida "Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla" dasturi
янв.21
Baxmal tumanida "Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla" dasturi doirasida ishlari davom etmoqda.
янв.21
Joriy yilning 11 fevral kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi hamda Baxmal tuman Kengashi deputatlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga yuborilgan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan qonunlar layigalari bo’yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining yettinchi chaqiriq beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining doimiy komissiyalari yig'ilishi bo'lib o'tdi.Unda Xalq deputatlari tuman Kengashiga kiritilgan muhim masalalar muhokama qilindi.
янв.21
25-noyabr kuni Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashining ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi,
янв.21
2024- yil 6- noyabr Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Mutabar Yuldashova, Toyloq tumani Kengashi deputati Nasiba Muminovalar, o'z saylov okruglarida amalga oshirilayotgan ishlar holati bilan tanishishdi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashiga O‘zLiDePdan 53-Bog‘izag‘on saylov okrugidan saylangan deputat Mutabar Yuldashova, 13-Xo‘jaqishloq saylov okrugidan Toyloq tumani Kengashiga saylangan deputat Nasiba Mo‘minovalar o'z saylov okruglariga qarashli Xo‘jaqishloq va Yastepa mahallasidagi 60-sonli umumta'lim maktabi, Jumabozor OSHP va Yastepa mahalla fuqarolar yig'inidagi 35- sonli MTT da bo‘lib, muassasalar faoliyati, aholi, bolalarga yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi. 

Dastlab deputatlar Xo‘jaqishloq mahallasi yettiligi ish faoliyati bilan tanishib, fuqarolarni, tadbirkorlarni qabul qilishdi. Fuqarolar Obid Obloqulov, Ma’ruf Shonazarovlar Xo‘jaqishloq, Saribozor, Jumabozor, Jalolobod mahallalarida elektr energiya quvvati kamligi, 100 dan ortiq transformatorlar mavjudligini qayd etishdi, tadbirkorlar va fuqarolar aynan shu hududga alohida elektr liniyasi tortib kelish masalasini qo‘yishdi va bu masalada deputatlardan amaliy yordam so‘rashdi. Shuningdek mahalla hududida yengil turdagi konstruksiyalar asosida mahalla yoshlari va nuroniylari uchun mahalla kutubxonasini tashkil etish bo‘yicha takliflar bo‘ldi. Ushbu masalalar deputatlar tomonidan qayta mukammal o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari chiqarilishi hamda ijrosi nazoratga olinishi bo'yicha vazifalar belgilab olindi.

O‘zLiDeP tomonidan “Bir deputat 100 ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida deputatlar mazkur mahalla o‘quv markazida o‘qitilib, chevarlik va kasanachilik hunarlarini o‘rganayotgan xotin-qizlar bilan suhbatlashishdi. Suhbat davomida Bozorova Munojat deputatdan yordam so‘rab subsidiya ajratish bo‘yicha amaliy yordam so‘radi. Deputat mazkur mahalladagi hokim yordamchisi bilan hamkorlikda murojatchiga o‘z xonadoniga kasanachilik bilan shug‘ullanishida amaliy yordam ko‘rsatishga va tikuvchilik bilan shug‘ullanib, oilasiga qo‘shimcha daromad kiritish imkoniga ega bo‘lishga sharoit yaratib beriladigan bo‘ldi. 

Shuningdek deputatlar Jumabozor OSHP da bo‘lib, fuqarolarga xizmat darajasi va binoning qish mavsumidagi isitish tizimi holati o‘rganildi. Mazkur OSHP 22443 nafar aholiga laboratoriya, muolaja, doya, sterilizatsiya, stomatologiya va emlash ishlarida oilaviy shifokor, katta hamshira, patronajlar aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Oliy toifali shifokor F.Esanovaning ta’kidlashicha aholi tomonidan kasalliklarini samarali davolashda tuman tibbiyot birlashmasi va viloyat tibbiyot markazlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari yaxshi natijalar bermoqda. Bugun barcha turdagi kasallik bilan shifoxonaga kelgan bemorlar tajribali shifokorlar uni zudlik bilan tahlil qilib, tegishli tavsiyalarni bermoqda. Oqibatda og‘ir ahvoldagi bemorlarga o‘z vaqtida tez, sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilib, kasallik bilan bog‘liq o‘lim holatlari kamaytirilishiga erishilmoqda. 

Uchrashuvlar davomida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda fuqarolarning sayyor qabulini tashkil etish, aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni mahalliy ijro hokimiyati, mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda joyida hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4