XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda.
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati A.Pardayev tumandagi "Forovon" mahallasida saylovchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Keyingi yillarda xalq bilan yaqindan muloqot o‘rnatish, og‘irini yengil qilishga ko‘maklashish deputatlar faoliyatining asosiy mezoniga aylandi.
Yuzma-yuz muloqot chog‘ida fuqarolarga keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarni muammo va takliflari tinglanib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilandi.
https://t.me/bandixon_deputatlari