Sessiyada tuman Kengashining doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizomni, doimiy komissiyalarni tuzish va shaxsiy tarkibini, tuman Kengashida ish yuritish yo‘riqnomasini, yerga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni to‘liq bo‘lmagan, hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan, doimiy foydalanish uchun ajratilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardagi foydalanish holatini o‘rganish bo‘yicha mahalliy Kengash deputatlaridan iborat ishchi guruhini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi.
Yig‘ilishni Xalq deputatlari Qamashi tuman Kengashi raisi Xurshid Usmonov olib bordi.