Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi tuman hokimligining majlislar zalida bo'lib o'tdi. Sessiya ishida Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Qodirov Bahodir Rahimovich ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunining 163-moddasiga muvofiq Хalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasini Toyloq tumani saylov komissiyasi raisi Navro‘zov Ikrom Toshpo‘latovich olib bordi.