Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Iqbolxon Ashrapova “Adolat” mahallasida istiqomat qilayotgan yoshlarning bir guruhini Oybek uy-muzeyiga olib bordi.
Tashrif davomida yoshlar atoqli adib Oybek hayoti va ijodi, uning o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan hissasi hamda ijodiga mansub kitoblar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, yoshlar bilan birgalikda kitob mutolaasi tashkil etilib, adabiyotning inson ma’naviyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishdagi o‘rni haqida suhbat o‘tkazildi.
Bunday madaniy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar qalbida kitobga mehr uyg‘otish, milliy adabiyotimizga hurmatni kuchaytirish hamda ularning ma’naviy kamolotiga xizmat qiladi.
Bizni kuzatishda davom eting!