Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Tabiat uchun birlashaylik!”

Tadbir O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi hamkorligida o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Natalya Voropayeva ham ishtirok etdi.

Tadbir “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, №O‘RQ-877 doirasida atrof-muhitni asrash, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, yashil hududlarni ko‘paytirish hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.

Bunday tadbirlar jamiyatda ekologik ong va tabiatga mas’uliyatli munosabatni kuchaytirishga, davlat organlari, jamoat tashkilotlari hamda aholini atrof-muhitni asrash yo‘lida birlashtirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5