Murojaatda qariyb 40 ta xonadonni ichimlik suvi bilan ta’minlayotgan 950 metr uzunlikdagi suv quvurining yaroqsiz holga kelgani, quvurda tez-tez nosozliklar yuzaga kelayotgani hamda ichimlik suvi isrof bo‘layotgani qayd etilgan.
Mazkur murojaat yuzasidan “Samarqand suv ta’minoti” AJ Samarqand shahar filiali mutaxassislari tomonidan hududda o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, yuzaga kelgan ichimlik suvi tarmog‘idagi nosozliklar bartaraf etilib, suv sizib chiqishi bilan bog‘liq muammo ijobiy hal etildi.
Shuningdek, hududdagi ichimlik suvi tarmoqlarini yangilash va rekonstruksiya qilish masalasi bo‘yicha tegishli davlat dasturlariga bosqichma-bosqich takliflar kiritilishi ma’lum qilindi.
Aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarga yechim topish hamda deputatlik nazoratini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.