DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI
Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish kun tartibida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda aholi uchun qulay atrof-muhit yaratishga qaratilgan quyidagi muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi:
— Ohangaron tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish haqidagi murojaatni ko‘rib chiqish to‘g‘risida;
— Ohangaron tumani darajasida o‘tkaziladigan tadbirlarni amalga oshirish uchun “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida;
— Ohangaron tumanida “Tashabbusli budjet” jarayonlari uchun 2026-yilda tuman mahalliy budjetiga rejalashtirilgan mablag‘larga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.
🗳 YAKDIL QAROR: Kun tartibidagi masalalar komissiya a’zolari — deputatlar tomonidan atroflicha o‘rganilib, Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish bir ovozdan ma’qullandi.