Hisobot davrida:
▫️ 5 ta Kengash sessiyasi o‘tkazildi;
▫️ Sessiyalarda 42 ta masala ko‘rib chiqilib, 42 ta qaror qabul qilindi;
▫️ Rahbarlarning 13 ta hisoboti va 4 ta axboroti tinglandi;
▫️ Doimiy komissiyalarda 47 ta masala muhokama qilindi;
▫️ 95 ta deputat so‘rovi yuborilib, ularning 92 foizi bo‘yicha ijobiy natijalarga erishildi;
▫️ 35 ta uchrashuv va 45 ta sayyor qabul tashkil etildi;
▫️ Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan 250 ta muammo hal etildi;
▫️ 14 ta qonun loyihasi muhokama qilinib, qonunchilik takomillashtirilishiga munosib hissa qo‘shildi.
Kengash faoliyatida ochiqlik, shaffoflik, xalq bilan muloqot va deputatlik nazorati ustuvor yo‘nalish sifatida davom ettirilmoqda.
🤝 Xalq manfaatlari yo‘lida samarali faoliyat — asosiy maqsadimiz!