Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Hududlarda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish hamda mahallalar obodligini ta’minlash borasida tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 2025-yil 7-noyabrdagi III-13-88-14-204-K/25-son qarorining 1-ilovasi — “Chilonzor tumani Xalq deputatlari Kengashi deputatlari takliflariga binoan asfalt qoplamasini yotqizish chora-tadbirlari rejasi”ga muvofiq, 4-Novza deputati tuman hokimi Xolxo‘jayev Saidqahhor Muhammadkarim o‘g‘li tomonidan ilgari surilgan taklif asosida Novza mahallasidagi 24-MTT oldi, 8-uy orqa qismi hamda 2-uy oldidagi hududlarda asfalt qoplamasini yotqizish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur loyihani moliyalashtirish maqsadida tuman hokimligi tomonidan 220 000,0 so‘m mablag‘ ajratildi. Natijada umumiy maydoni 2 000 kvadrat metr bo‘lgan hududda zamonaviy asfalt qoplamasi yotqizilib, belgilangan qurilish-ta’mirlash ishlari to‘liq yakunlandi.

Amalga oshirilgan ishlar hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, piyodalar va transport vositalari harakati uchun qulay sharoit yaratish hamda mahallaning obod va zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 8