Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏛 DEPUTAT MAHALLADAGI IJTIMOIY MUHITNI O‘RGANDI

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Durdona Otaxonovna Xasanova tomonidan mahalla yettiligi faoliyati hamda fuqarolar bilan hamkorlik holatini o‘rganishga qaratilgan monitoring ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida og‘ir turmush sharoitida yashayotgan oilalar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning mahalla yettiligi tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy yordam va qo‘llab-quvvatlash ishlari yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi.

Shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish, muammolarni manzilli hal etish hamda mahalla tizimining samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlik nazorati doirasida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 4