🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I. Masharipov hamda tuman Kengashi deputati M. Kariyev hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Shovot tumani Kengashining jamoatchilik ishlari bo‘yicha raisi R.Tillayevlar tasdiqlangan reja-grafik asosida mahalla hududlarida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holatini o‘rgandilar.
🔍 O‘rganish davomida hududlarda sanitariya holati, chiqindilarni yig‘ish maydonchalari, konteynerlarning holati hamda chiqindilarni olib chiqish xizmatlarining tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.
♻️ Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, hududlar tozaligini ta’minlash, chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
✅ Bunday o‘rganishlar aholi uchun qulay va obod muhit yaratish, sanitariya holatini yaxshilash hamda mahallalarda tozalikni ta’minlashga xizmat qiladi.