Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 Fuqarolarning pensiya huquqlari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi

🏫 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati M.Kariyev tomonidan tumandagi 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

📖 Uchrashuv davomida “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№938-XII) mazmun-mohiyati, pensiya tayinlash tartibi hamda fuqarolarning ushbu yo‘nalishdagi huquq va imtiyozlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

🤝 Shuningdek, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob qaytarilib, pensiya ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlar yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

✅ Aholining huquqiy savodxonligini oshirish va qonunchilik mazmunini keng targ‘ib qilish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2