Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 18-Gʻoybon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati M.Karimova hamda tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i tomonidan 3-sonli musiqa va san’at maktabida tumandagi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishi, tadbirkorlikka jalb qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan murojaat va takliflar tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli mas’ullarga vazifalar belgilab berildi. Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, yoshlarning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash muhim ekani ta’kidlandi.