Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi kotibiyati mudiri Amanov Baxtiyor Normatovichning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-may kungi “«Prezident iqtidorli farzandlari» tashabbusini amalga oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-86-sonli Farmoniga
MUNOSABATI
Respublikamizda oxirgi 7 yilda maktabgacha va maktab ta’limi uchun mablag‘ 7 karra oshirilgan. Joriy yilda bunga 60 trillion so‘m mablag‘lar yo‘naltirilgan.
Maktablarda 1 millionga yaqin, bog‘chalarda 1,5 million yangi o‘rinlar yaratildi. Bog‘cha bilan qamrov 3 karra oshib, 78 foizga yetdi.
Malaka, til bilish, yangi baholash tizimi, fan olimpiadalari kabi mezonlar asosida o‘qituvchilarga 10 dan ortiq ustama joriy qilindi. Bundan samarali foydalangan 60 ming o‘qituvchi hozirda 8-12 million so‘m maosh olib kelmoqda.
Bog‘cha tarbiyachilari oyligi 65 foizga oshib, maktab o‘qituvchilari maoshiga tenglashdi. Yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralarining ish haqi 7-10 million so‘mdan oshadi.
Ta’lim dasturlari eng ilg‘or mamlakatlar tajribasiga moslashtirilib, darsliklar yangilangani,maktablarga zamonaviy jihozlar olib berilgani bilan tizimdagi muallimlarning yangi metodikalarni o‘zlashtirishi, ta’lim sifatini ta’minlashi qoniqarli darajada emasligi tanqid qilindi.
Hozirda 7-11 sinf o‘quvchilari kuniga 8 soatgacha vaqtini telefonda ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazayotgani maktab direktori va o‘qituvchilarni ham, ota-onalarni ham o‘ylantirishi zarurligi qayd etildi.
Ota-onalar,nuroniylar, mahalla faollari, o‘qituvchilar bunday holatlarni oldini olish maqsadida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etib ularnini faqat telefonda emas balki badiiy kitoblarni o‘qishiga qiziqtira olishimiz lozim.
Hozirgi kunda o‘quvchilar bilan ishlashda bo‘shliq paydo bo‘lib “maktab, oila va mahalla” hamkorligida ish olib borishni talab etmoqda.
Tajribali o‘qituvchilar, murabbiylar hamda ko‘pni ko‘rgan keksalar ko‘proq maktablarga borib o‘quvchilar bilan yakkama-yakka suhbatlar o‘tkazib, o‘z tajribalarni o‘rtoqlashishi lozim bo‘ladi. Maktablarimizga taniqli kishilar, rahbarlar, salohiyatli tadbirkorlar borib o‘zi erishgan yutuqlarini o‘quvchilarga so‘zlab berishlari maslahatlar aytishi hozirgi kunda dolzarb bo‘lib qolmoqda.