Xalq deputatlari Baxmal tumani Kengashiga 4-Qarasuv saylov okrugidan saylangan deputat Sodiqov
Shavkat Allaberdiyevich tomonidan Baxmal tuman Muzbuloq mahalla fuqarolar yig’inidagi Tuman maktabgacha va ta’lim bo’limiga qarashli 80-maktabida investitsiya dasturi asosida, 96 o'rinli qo'shimcha bino va 12×24 sport zal qurilishi boshlandi. "Shohruh-Bunyodkor" qurilish firmasi ish boshladi. Hozir katlavan ishlarini bo‘lib, fundament ishlari olib borilmoqda. Ushbu qurilish jarayonlari deputat nazoratiga olindi.