Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va tuman Kengashi deputatlari Bandixondagi “Khilal-Vortex” MCHJ ip-kalava korxonasi faoliyatini o‘rgandilar
✅Bandixon tumanida sanoat salohiyatini oshirish, paxta xomashyosini chuqur qayta ishlash va eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish liniyalarini kengaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
✅Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari N.H.Lutfullayeva va Sh.N.Rajabova, tuman Kengashi deputatlari O.A.Ishpo‘latov, B.X.Yo‘ldoshev hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari I.Mamasoliyevadan iborat ishchi guruh “Khilal-Vortex” MCHJ tomonidan tashkil etilgan yirik tekstil loyihasi faoliyati bilan tanishdilar.
✅Umumiy qiymati 188,7 milliard so‘mni tashkil etuvchi ushbu korxonada Bandixon va Muzrabot tumanlarida yetishtirilgan 20 ming tonna paxta xomashyosi qayta ishlanib, paxta va sun’iy tola aralashmali yuqori sifatli ip-kalava ishlab chiqarilmoqda. Korxonada 300 nafar mahalliylashtirilgan ishsiz xotin-qizlar va yoshlar doimiy ish o‘rniga ega bo‘lgan.
✅Tashrif davomida ishlab chiqarish sexlaridagi mehnat sharoitlari, mahsulot sifati va eksport hajmini oshirish, shuningdek, sanoat sohasida sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.