Yangiliklar

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi tahlil qilindi

✅Bandixon tumanida aholi bandligini ta’minlash, ishsizlik darajasini qisqartirish va mehnat bozori infratuzilmasini takomillashtirish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2-Bektepa saylov okrugi deputati B.Yo‘ldoshev tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-son Qonuni ijrosi doirasida o‘rganish o‘tkazdi.

✅Monitoring jarayonida bo‘lim tomonidan ishsiz fuqarolarni ro‘yxatga olish, ularni kasb-hunar va xorijiy tillarga o‘qitish, subsidiyalar ajratish hamda bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish borasida amalga oshirilgan amaliy ishlar tahlil qilindi.

✅O‘rganishlar yakunida aholi bandligini ta’minlash ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash, mahallalardagi hokim yordamchilari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda qonunchilik talablarini qat’iy bajarish yuzasidan bo‘lim rahbar va xodimlariga tegishli amaliy tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1