AHOLI SALOMATLIGI YO‘LIDA: OLIY MAJLIS VA MAHALLIY KENGASH DEPUTATLARI PAXTAKORDAGI OILAVIY POLIKLINIKA FAOLIYATI BILAN TANISHDI
✅Bandixon tumanida aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sifatini oshirish, ta’lim va tibbiyot muassasalarida yaratilgan sharoitlarni o‘rganish hamda sohadagi islohotlar ijrosini nazorat qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
✅Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari N.H.Lutfullayeva va Sh.N.Rajabova hamda mahalliy Kengash deputatlari O.A.Ishpo‘latov, B.X.Yo‘ldoshev, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi rahbari I.Mamasolayevalar ishtirokida "Paxtakor" mahallasida joylashgan 44-sonli oilaviy poliklinikada nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
✅100 o‘ringa (qatnovga) mo‘ljallangan mazkur tibbiyot muassasasida shifokor oldi ko‘rik, doya, emlash, laboratoriya hamda kunduzgi stasionar sharoitlari ko‘rib chiqildi. Tashrif doirasida mutasaddilar tomonidan tumanda aholi salomatligini asrash borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va mavjud muammolar yuzasidan taqdimot namoyish etildi.
✅Tadbir yakunida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va davolash hamda samarali profilaktik tadbirlarni tashkil etish yuzasidan deputatlar va soha rahbarlari hamkorligida kelgusi vazifalar belgilab olindi.