Yangiliklar

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#162_qonun

🏛️Qonun ustuvorligi mahallada: "Bahoriston" mahallasida profilaktika inspektori faoliyati tahlil qilindi

🗣Bandixon tumanida tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda mahalla xavfsizligini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu boradagi ishlar deputatlar nazoratida.

⏺Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengash deputati S.Jmayev hamda bosh mutaxassis B.Qurbonov tumandagi “Bahoriston” mahallasida bo‘ldilar.

💬Mazkur nazorat-tahlil jarayoni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari doirasida tashkil etilib, profilaktika inspektorining bugungi kundagi faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan:

🟢Jinoyatchilikning oldini olish: Mahalla hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida profilaktika inspektori tomonidan olib borilayotgan tizimli choralar va ularning samaradorligi;

🟢Jamoat tartibi: Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va mahallada osoyishta muhitni yaratishdagi faoliyat ko‘lami;

🟢Aholi bilan ishlash: Aholi, ayniqsa, yoshlar, tarbiyasi og‘ir o‘smirlar va profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari, yakka tartibdagi suhbatlar hamda "xonadonbay" tizimining yo‘lga qo‘yilganligi.

💬"Profilaktika inspektori — mahalladagi tinchlik va osoyishtalikning asosiy posbonidir. Uning faoliyati fuqarolarga xavfsizlik kafolatini berishi va qonun ustuvorligini ta’minlashi lozim. Bu borada har qanday sustkashlik yoki befarqlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi," — deya ta'kidladi deputat S.Jumayev.

🫥O‘rganish yakunida profilaktika inspektori faoliyatini yanada takomillashtirish, mahalla hududida jinoyatchilikdan xoli muhitni yaratish va jamoat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1