Yangiliklar

Ijtimoiy dorixonadagi faoliyat o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Kazakov tomonidan hududdagi ijtimoiy dorixonada o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida dorixonada aholiga taqdim etilayotgan dori vositalari assortimenti, ularning mavjudligi, saqlash sharoitlari hamda narx-navoning belgilangan tartiblarga muvofiqligi bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, fuqarolar uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalarining uzluksiz ta’minlanishi, aholiga sifatli va qulay xizmat ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Dorixona mas’ullari bilan suhbat davomida mavjud holat yuzasidan fikr almashilib, xizmat sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan aholining salomatligini muhofaza qilishda dori vositalarining sifati, hamyonbopligi va mavjudligini ta’minlash muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2