Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati G.Bozorova tomonidan Balxiyon mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy muammolarini hal etish, tadbirkorlikka jalb qilish, yosh qizlar bilan ishlash hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, mahalladagi xotin-qizlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularni qiynayotgan masalalar, murojaat va takliflar tinglandi. Mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, masalalarni amaliy hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
Deputat tomonidan mahallalarda xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish, ularning faolligini oshirish va farovonligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.