🏛 #_DEPUTAT_NAZORATI
#24_ta_masala
Deputat tuman Kengashining 2026-yil 6-apreldagi VII-20-27-8-211-K/26-sonli qarori asosida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanish bo'yicha xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati E.Jurayev hududda o'rganish ishlari olib bordi.
✅O'rganish davomida deputat "Navro‘z" MFYda yashovchi, “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan, I-guruh nogironligi bo‘lgan fuqaro Ismoilova Zarifa Xushvaqovna xonadonida bo‘ldi.
✅Shuningdek, xonadonda olib borilayotgan ijtimoiy yordam ishlari, yashash sharoitlarini yaxshilash va devor va tomlarini izolyatsiya qilish, energiya tejamkor,deraza va eshik hamda quyosh panellari yoki geliokollektor o‘rnatish ishlari ko‘zdan kechirildi.
✅Ushbu sa’y-harakatlar nafaqat ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning yashash sharoitini yaxshilash, balki xonadonlarda energiya sarfini optimallashtirishga xizmat qiladi.
✅Shundan so'ng deputat tomonidan "Navro'z" mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.
✅O‘rganish davomida mahala raisi tomonidan fuqarolarning muammolari qanchalik tezkorlik va sifat bilan o‘rganilayotgani, ayniqsa, infratuzilma va ijtimoiy masalalardagi murojaatlarning amaliy yechimi o'rganildi.
✅Shuningdek, hokim yordamchilari tomonidan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy xodimlar faoliyati, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahalla xotin-qizlar faollari va soliq inspektori faoliyati o'rganildi.
✅O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.