Yangiliklar

Kengash_faoliyati

🛣️“Quduqsoy” mahallasida yo‘llar sozlanmoqda: "kanal usti" ko‘chasida asfalt yotqizish ishlari boshlandi

🗣Bandixon tumanida aholi uchun qulay infratuzilma yaratish, ichki yo‘llarning holatini yaxshilash va hududlarni obod qilish borasidagi amaliy ishlar jadal davom ettirilmoqda.

⏺19-Quduqsoy saylov okrugi deputati G.Xolmatova o‘z saylov okrugiga qarashli “Quduqsoy” mahallasida bo‘lib, hududda aholi turmush darajasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

💬O‘rganishlar davomida mahalladagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lgan yo‘l muammosini hal etishga kirishilgani ko‘zdan kechirildi.

💬Xususan:
🟢Mahalladagi "Kanal usti" ko‘chasida asfalt yotqizish ishlari boshlab yuborildi;
🟢Ayni vaqtda yo‘llarning asosi tekislanib, maxsus texnikalar yordamida asfalt yotqizishga tayyorlash jarayonlari qizg‘in olib borilmoqda.

💬 Mazkur ko‘chaning asfalt qilinishi natijasida yillar davomida aholini, ayniqsa, yog‘ingarchilik kunlarida qiynab kelayotgan loy va chang ko‘chalar muammosi bartaraf etiladi. Bu esa nafaqat transport harakati, balki piyodalar va maktab o‘quvchilari uchun ham katta qulaylik yaratadi.
💬 Deputat G.Xolmatova yo‘l qurilishi ishlarining sifati va belgilangan me’yorlarga mos ravishda bajarilishini ko‘zdan kechirib, mas’ul quruvchilar bilan suhbatlashdi. Ishlarning o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishi deputatlik nazoratiga olindi.

🫥Maqsadimiz — har bir mahallada ravon yo‘llar va zamonaviy infratuzilma barpo etish orqali xalqimiz roziligiga erishishdir!

Slide 1 of 5