Yangiliklar

Oltinsoy tumani hokimining birinchi o‘rinbosari va deputat qabul o‘tkazdi

Qabul davomida aholi tomonidan bandlik, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar, infratuzilma va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni qonuniy hal etish bo‘yicha mas’ul rahbar va mutaxassislarga tegishli topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etuvchi murojaatlar nazoratga olindi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar muntazam davom ettirilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊Telegram💬Facebook🌐E-kengash📸Instagram▶️YouTube

Slide 1 of 8