Bandixon tumani: “Farovon” mahallasida infratuzilmani yaxshilash ishlari davom etmoqda.
✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputatlari tomonidan mahallalardagi muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri Pardayev Azamat Almardanovich “Farovon” mahallasida bo‘ldi.
✅ Amaliy ishlar jarayonda:
Tashrif davomida mahalladagi Mustaqillik ko‘chasiga tosh yotqizish (shag‘allashtirish) ishlari ko‘zdan kechirildi. Ushbu tashabbus:
✅Aholi uchun qulay harakatlanish yo‘laklarini yaratish;
✅Yog‘ingarchilik mavsumida yuzaga keladigan noqulayliklarning oldini olish;
✅Mahalla infratuzilmasini zamonaviy talablarga moslashtirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
✅"Maqsadimiz — har bir fuqaroning yashash sharoitini yaxshilash va saylovchilarimiz ishonchini amaliy ishlar bilan oqlash," — kotibiyat mudiri A.Pardayev.
✅Ish jarayonini nazorat qilish va sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Obodlik ko‘ngildan boshlanadi, amalda esa mana shunday xayrli ishlar bilan mustahkamlanadi.