Ayni damda tuman hokimligining Katta majlislar zalida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining yigirmanchi ikkinchi sessiyasi bo’lib o’tmoqda.
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kunidagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-22-son Farmonining tumandagi ijrosi to‘g‘risida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari D.Musurmonovning hisoboti tinglanmoqda.
Sessiya ishini tuman hokimligi matbuot xizmatining You Tube (https://youtube.com/live/vEbTghZyAJs?feature=share) kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishingiz mumkin.