Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati Mamanova Karomat tuman hududidagi chiqindixona punktlarini shaxsan ko'zdan kechirdi va ularning hozirgi kundagi sanitariya holati bilan batafsil tanishdi.
🔍 Monitoring davomida quyidagilarga e'tibor qaratildi:
▪️ Chiqindi yig'ish punktlarining sanitariya holati
▪️ Hududning tozalik va tartib-intizom darajasi
▪️ Chiqindilarni o'z vaqtida chiqarib ketish tizimi
▪️ Aholidan kelib tushgan murojaat va shikoyatlar
⚠️ Aniqlangan muammo:
Ayrim punktlarda konteynerlar eskirgan va yaroqsiz holga kelgan, bu esa hudud ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda.
✅ Ko'rilayotgan chora:
Deputat ushbu muammo yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan muloqot olib bordi. Yaroqsiz chiqindi qutilari o'rniga yangilarini o'rnatish va punktlarni tartibga keltirish borasida aniq topshiriqlar berdi.
📌 Aholi manfaatlarini himoya qilish — deputatning asosiy vazifasi!