Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining samaradorligini oshirish, doimiy komissiya raislarining bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.
✅Jumladan, Bandixon tumani Kengashi raisi E.Jurayev rahbarligida tuman Kengashining doimiy komissiya raislari ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi.
✅Seminar davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
✅Nazorat-tahlil faoliyati: Doimiy komissiyalar tomonidan ijro organlari hisobotlarini eshitish tartibi;
✅Qarorlar ijrosi: Mahalliy Kengash qarorlari va “Yo‘l xaritalari”ning joylardagi ijrosini o‘rganish;
✅Murojaatlar bilan ishlash: Aholi muammolarini o‘rganishda deputatlik nazoratini kuchaytirish;
✅Ochiqlik va shaffoflik: Komissiya yig‘ilishlarini tashkil etishda zamonaviy uslublardan foydalanish.
"Deputat — xalq va davlat o‘rtasidagi ko‘prik. Doimiy komissiyalar esa Kengashning 'dvigateli' hisoblanadi. Shuning uchun har bir rais o‘z yo‘nalishi bo‘yicha chuqur tahliliy ko‘nikmaga ega bo‘lishi shart," — deb ta’kidladi tuman Kengashi raisi.
✅Muloqot tarzida o‘tgan seminarda deputatlar o‘z faoliyatlarida uchrayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashib, kelgusidagi rejalarini belgilab oldilar.