DEPUTAT NAZORATI: MAKTABDA SPORT SHAROITLARI QANDAY?
✅Bandixon tumanida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ommaviy sportni rivojlantirish masalalari deputatlar e’tiborida.
✅Bugun Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati J.Abdinazarov hamda Kengash kotibiyat xodimi B.Qurbonov “Bag‘rikeng” mahallasidagi 45-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlarini olib bordilar.
✅Asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
✅Sport zalining moddiy-texnik bazasi;
✅Anjomlarning xavfsizligi va talabga javob berishi;
✅Mashg‘ulotlar o‘tish uchun yaratilgan qulayliklar.
✅O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Zero, sifatli ta’lim va sog‘lom turmush tarzi — zamonaviy maktabning bosh mezoni bo‘lishi shart.
✅Deputatimiz tomonidan maktab ma’muriyati bilan sport to‘garaklari faoliyatini yanada jonlantirish bo‘yicha fikr almashildi. Maktab sport zali faqat dars vaqtida emas, balki mahalladagi yoshlar uchun ham xizmat qilishi lozimligi ta'kidlandi.