🏀 Sport – sog‘lik garovi: Bandixonda maktablardagi sharoitlar o‘rganilmoqda.
✅Bugun Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi E.Jurayev tumandagi “Chinor” mahallasida joylashgan 44-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sport sharoitlarini ko‘zdan kechirdi.
✅Tashrif davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:
✅ Sport zallarining holati va moddiy-texnik bazasi;
✅ O‘quvchilarning darsdan tashqari sport to‘garaklariga qamrab olinishi;
✅ Mavjud sport anjomlarining sifati va xavfsizlik talablariga javob berishi.
✅"Yoshlarimizning jismonan sog‘lom bo‘lishi nafaqat maktabning, balki barchamizning ustuvor vazifamizdir. Maktabdagi har bir sport maydonchasi bolalar bilan gavjum bo‘lishi, ularning iqtidorini yuzaga chiqarishi kerak," — deya ta’kidladi tuman Kengashi raisi.
✅O‘rganish yakunida mas’ullarga sport majmuasidan samarali foydalanish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yanada targ‘ib qilish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.