Yangiliklar

DEPUTAT TOMORQA XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISH BORASIDAGI ISHLAR BILAN TANISHDI.

Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputati O.Mirzamatov mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Tomorqa xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-681-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida deputat mahalla aholisi bilan muloqot qilib, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, yuqori hosil yetishtirish hamda aholiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish ishlari bilan tanishdi.

Shuningdek, mahalla raisi va hokim yordamchisiga mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni kengaytirish hamda tomorqa xo‘jaliklari faoliyatini tizimli rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.