Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O.Mirzamatov hamda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tuman Kengashi apparat rahbari A.O‘rmonovalar tomonidan Qumariq mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilgan o‘rganish jarayonida hudud obodligini ta’minlash, aholini kambag‘allikdan chiqarish, xususan, xotin-qizlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahallada mavjud muammolar, ularning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida mahalla raisiga “mahalla yettiligi” a’zolari imkoniyat va salohiyatidan samarali foydalanish, aholi bandligini oshirish hamda hududni kompleks rivojlantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.