O‘rganish jarayonida o‘quvchilar uchun yaratilgan qulayliklar jumladan sport zalining umumiy holati, mavjud jihozlar va ularning foydalanish darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, gimnastika mashqlarini bajarish uchun mo‘ljallangan yumshoq himoya matlari hamda boks va boshqa jang san’atlari bilan shug‘ullanish uchun zarur bo‘lgan himoya yostiqchalari (padlar) mavjudligi va holati o‘rganildi. Deputat tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berilib, sport infratuzilmasini yanada yaxshilash, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni yaratish ta’kidlandi.