Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nazorat tadbirlari izchil davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 6-Qorasuv saylov okrugi deputati Raximqulov Jamshid hududida joylashgan 5-son umumta’lim maktabi faoliyatini ham o‘rgandi
янв.21
Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish yo‘lida o‘zaro tajriba almashildi.
янв.21
Deputat bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Hududdagi qurilish ishlari deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
"Xo‘janqon" mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat umumiy o'rta ta'lim maktab infratuzilmasini o'rgandi.
янв.21
Tadbirkorlik faoliyati: muammo va yechimlar tahlili
янв.21
XALQ DEPUTATLARI ANGOR TUMANI KENGASHINING YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Angor tumani ekopolitsiya bo‘limi boshlig‘i M. Bodiyevning hisoboti eshitildi.
Deputat bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati To‘rayev Norquvvat hududda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida “Tallashqon Invest” MChJ tomonidan barpo etilayotgan 150 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilish maydonida bo‘ldi. O‘rganish jarayonida deputat tomonidan qurilish ishlarining borishi, loyiha asosida bajarilayotgan ishlarning sifati, qurilish materiallarining talab darajasida ekani hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi alohida e’tibor markazida bo‘ldi. Shuningdek, obyektda mehnat qilayotgan ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar, xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi ham ko‘zdan kechirildi. Deputat tomonidan mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilgach, hududdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi sezilarli oshishi, ota-onalar uchun qulayliklar yaratilishi ta’kidlandi. O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Deputat bunyodkorlik ishlari hududud infratuzilmasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida qayd etdi.

Slide 1 of 1