Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Xo‘janqon" mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI ANGOR TUMANI KENGASHINING YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Angor tumani ekopolitsiya bo‘limi boshlig‘i M. Bodiyevning hisoboti eshitildi.
янв.21
Sessiyada kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman Prokurori Razikov Abbos Abdumalikovichning axboroti eshitilmoqda.
янв.21
Sessiyada kun tartibidagi dastlabki masalalar yuzasidan Angor tumani hokimi birinchi o'rinbosari O'ktam Yo'ldoshevning hisobot eshitilmoqda.
янв.21
Sessiya kotibi saylandi.
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining yigirma birinchi sessiyasi bo'lib o'tyapti.
янв.21
Deputatlik tashabbusi bilan ijobiy natija ta’minlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Yuqori Tallashqon mahallasida ichimlik suvi ta’minoti ishlar olib borilmoqda
"Xo‘janqon" mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 8-"Xo‘janqon" saylov okrugi deputati Aminqulov Shaxrijahon tomonidan tumandagi "Xo‘janqon" mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida mahalla raisi, hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim hamda xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilgan ishlar alohida e’tirof etildi. Jumladan, ijtimoiy xodim tomonidan mahallada og‘ir ahvoldagi oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Xotin-qizlar faoli tomonidan “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan tizimli ishlar olib borilmoqda. Mazkur ishlar hududdagi ijtimoiy muhitni mustahkamlash, oilalar farovonligini oshirish hamda mahallada birdamlik ruhini kuchaytirishga qaratilgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra, mahalla yettiligi faoliyati atroflicha tahlil qilinib, deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek mahalla yettiligi faoliyati doimiy ravishda rivojlanib borayotgani, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan turli ijtimoiy, madaniy va profilaktik tadbirlar samarali tashkil etilayotgani ta’kidlandi.

Slide 1 of 1