Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan o‘ziga qarashli 43-umumta’lim maktabining sport zali shart -shariitlari o‘rganildi.
янв.21
Nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Nazorat tadbirlari izchil davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 6-Qorasuv saylov okrugi deputati Raximqulov Jamshid hududida joylashgan 5-son umumta’lim maktabi faoliyatini ham o‘rgandi
янв.21
Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish yo‘lida o‘zaro tajriba almashildi.
янв.21
Deputat bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Hududdagi qurilish ishlari deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
"Xo‘janqon" mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Deputat umumiy o'rta ta'lim maktab infratuzilmasini o'rgandi.
янв.21
Tadbirkorlik faoliyati: muammo va yechimlar tahlili
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalqimizning asrlar davomida saqlanib kelayotgan ezgu fazilatlardan biri hashar hisoblanadi. Uning zamirida Vatanni sevish, yurtni obod etish, farovon turmush barpo etishga intilish mujassam. Borliq uyg‘onib, bahor fasli kirib kelganida joylarda hasharlar o‘tkazish, hududlarni obodonlashtirish tadbirlarini amalga oshirish yaxshi an’anaga aylangan.

Xususan, tuman Kengashi deputati tashabbusi bilan, mahalla yettilig vakillari hamda mahalla faollari A.Navoiy mahallasi “Erganakli” ko‘chasida joylashgan 12-uyda yashovchi I-guruh nogironi R.Tangriqulov xonadonida xayriya hashari tashkil etildi.

Hashar davomida xonadon tomorqasi tartibga keltirilib, hudud obodonlashtirildi, hovli atrofi tozalanib, zarur yumushlar bajarildi. Ushbu xayriya tadbiri orqali ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Tadbir jarayonida mehr-oqibat, o‘zaro hamjihatlik va saxovat kabi qadriyatlar yana bir bor namoyon bo‘ldi. Bunday ezgu tashabbuslar mahallalarda ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5