#deputat_faoliyati #ochiq_muloqot #yoshlar_uchrashuvi #yoshlar_kuni #Andijon_shahar #U_Gofurov
🔥 Talabalar bandligi va moliyaviy savodxonlik — bugunning eng muhim masalasi!
Ayni damda Qo‘qon universiteti Andijon filialida “Payshanba — yoshlar kuni” doirasida yoshlar uchun muhim va dolzarb uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
💼 Mazkur amaliy muloqotda talabalarni ish bilan ta’minlash, ularning kelajakdagi kasbiy yo‘nalishini aniqlash hamda sug‘urta va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilinmoqda.
👨💼 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha komissiya raisi U. G‘ofurov talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bormoqda.
💬 Uchrashuv davomida:
— yoshlarning bandligini ta’minlash
— biznes va tadbirkorlikka jalb qilish
— moliyaviy mustaqillikka erishish yo‘llari
— sug‘urta tizimining ahamiyati
kabi muhim mavzular atroflicha muhokama qilinmoqda.
🚀 Eng muhimi — yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olib, real hayotiy tajriba va motivatsiya olishmoqda!
📌 Kelajak aynan bilimli, faol va moliyaviy savodxon yoshlar qo‘lida!