#24_tavsiya #deputat_hududlarda #deputatlik_faoliyati #Andijon_shahar
📢 Hududda muhim infratuzilma loyihasi boshlandi!
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri, 20-Devonaboy saylov okrugi deputati B.Mo‘ydinov tashabbusi bilan Hunarmand mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yo‘llarni asfaltlash ishlari boshlandi. 🚧
Mazkur ishlar aholi murojaatlari asosida yo‘lga qo‘yilib, hudud infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda ishlar mutasaddi tashkilotlar tomonidan tizimli ravishda olib borilmoqda va yaqin fursatda ichki yo‘llar zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ladi. ✅
🏡 Obod mahalla — farovon hayot garovi!