Xalq deputatlari tuman Kengashining 20-Qamashi saylov okrugi deputati T. Jo‘rayeva tomonidan Qamashi mahallasida amaliy o‘rganishlar tashkil etildi.
Jarayon davomida mahalladagi “mahalla yettiligi” faoliyati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi muammolari hamda ularni hal etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, deputat mahalla aholisi xonadonlariga kirib, ularning turmush sharoiti bilan yaqindan tanishdi. Fuqarolar bilan muloqot davomida mavjud muammolar, taklif va ehtiyojlar o‘rganilib, tegishli masalalar yuzasidan tavsiyalar berildi.
✅ Bu kabi o‘rganishlar hududlarda aholi farovonligini oshirish, muammolarni joyida hal etish hamda mahalla tizimi faoliyatini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.