🌺 Navro‘z bayrami muborak bo‘lsin!
💫 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi barcha yurtdoshlarimizni ezgulik va yangilanish ramzi bo‘lgan Navro‘z ayyomi bilan samimiy muborakbod etadi.
🌼 Navro‘z – tabiat uyg‘onishi, mehr-oqibat va hamjihatlik bayramidir. Ushbu qutlug‘ kunlar har bir xonadonga tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka va farovonlik olib kelsin.
🌸 Xonadonlaringizda doimo totuvlik, mehr va qut-baraka hukm sursin. Navro‘zi olam yurtimizga barqarorlik, xalqimizga baxtu saodat ulashsin.
🪁 Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Navro‘zi olam barchangizga muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Shaxnoza Umarxodjayeva Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi.