#ochiqmuloqot #yoshlaruchrashuvi #deputatlik_faoliyati
📍 Andijon davlat pedagogika institutida volontyorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
🤝 Davlatimiz rahbarining volontyorlik harakatini rivojlantirish, yoshlarni ijtimoiy jarayonlarga keng jalb etish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslari ijrosi doirasida institutda volontyorlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
👥 Tadbirda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, viloyat hokimining volontyorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Dadajonov hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining institut boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi F. Nodirbekov ishtirok etdi.
💬 Uchrashuv davomida:
🌱 Ijtimoiy, ekologik, sport, media va xayriya loyihalari,
🚀 Yangi tashabbuslar va ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari,
🏆 Rag‘batlantirish tizimi,
📌 Volontyorlik harakatini institutsional mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
🗣 Yoshlarning taklif va fikrlari tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
✨ Ta’kidlanganidek, volontyorlik — yoshlarning fuqarolik mas’uliyatini oshirish, liderlik salohiyatini rivojlantirish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishida muhim platforma hisoblanadi.