#ochiqmuloqot #yoshlaruchrashuvi #deputatlik_faoliyati #volontyor_yoshlar
🏫 Andijon davlat texnika institutida volontyor yoshlar bilan ochiq muloqot.
🤝 Davlatimiz rahbari tomonidan volontyorlik harakatini rivojlantirish, yoshlarni jamiyat hayotiga faol jalb etish hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar ijrosi doirasida Andijon davlat texnika institutida volontyor yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
👤🎙 Uchrashuvda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, viloyat hokimining volontyorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari F.Dadajonov hamda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Ilhomjon Kabulov ishtirok etdi.
💡📌 Muloqot davomida:
✅ volontyorlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari
✅ ijtimoiy, ekologik, sport va media loyihalar
✅ xayriya tashabbuslari
✅ yoshlar takliflarini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
🗣👥 Yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va g‘oyalar tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan muhim vazifalar belgilandi.
⭐️ Ta’kidlanganidek, volontyorlik faoliyati yoshlarning fuqarolik mas’uliyatini oshirish, liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va jamiyat hayotidagi faolligini kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi.
🤝Faol yoshlar — jamiyat taraqqiyotining tayanchi!