#deputatlik_faoliyati #deputat_mahallada #ochiq_muloqot
🏛️ Deputat mahallada: “Dehqonobod” MFY aholisi bilan uchrashdi
👥 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Usmonjon Shokirov Andijon shahridagi “Dehqonobod” MFY hududida aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
📌 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan quyidagi dolzarb masalalar ko‘tarildi:
🛣️ “Akrabat”, “Oqrovvot”, “T.Keldiev” va “Saroy” ko‘chalarini asfaltlash
⚡️ Elektr tarmog‘idagi beton tayanchlarni yangilash
🔥 Suyultirilgan gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazib berish
🏘️ Infratuzilma va kommunal xizmatlarga oid muammolar
✅ Deputat har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, masalalarni shaxsiy nazoratiga olishini hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlar ishlab chiqilishini ta’kidladi.
🌿 Uchrashuv yakunida mahalla obodonchiligi va aholi kayfiyatini ko‘tarish maqsadida fuqarolarga manzarali hamda mavsumiy gul ko‘chatlari taqdim etildi.
🤝 Tadbirda mahalla faollari, jamoatchilik vakillari va mas’ul tashkilotlar ishtirok etdi.
📍 Ochiq muloqot — xalq bilan bevosita ishlashning eng samarali yo‘li hisoblanadi.