🎓 Yoshlar bilan ochiq muloqot – kelajak sari muhim qadam!
Andijon shahar deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori D. Kurbanova tomonidan Andijon shahar “Maydonbozor” MFY hududidagi 15-umumta’lim maktabi yoshlari bilan mazmunli uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotidan kelib chiqib, yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi 📚✨
Shuningdek:
🔹 Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
🔹 Tadbirkorlik faoliyatini boshlash imkoniyatlari
🔹 Yangi g‘oya va tashabbuslarni amalga oshirish
🔹 Zamonaviy kasb-hunar va bilim olish masalalari
bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi 💼💡
Uchrashuv ochiq va samimiy ruhda o‘tdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelajak rejalari yuzasidan fikr almashdilar