#yoshlar_kuni #deputatlik_faoliyati #faolyoshlar
🎉 Yoshlar kuni munosabati bilan mazmunli uchrashuv tashkil etildi 🇺🇿
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Q.Qayumov hamda bir qator mutasaddi tashkilot vakillari tomonidan KUAF universiteti talabalari bilan ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazildi 👨🎓👩🎓
Uchrashuv davomida yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim sifatini oshirish, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi 💼📚💡
Deputat Q.Qayumov yoshlar jamiyatning eng katta kuchi va kelajak bunyodkorlari ekanini ta’kidlab, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash har doim ustuvor vazifa bo‘lib qolishini bildirdi 🤝✨
Talabalar tomonidan berilgan savollar tinglanib, dolzarb masalalar yuzasidan takliflar bildirildi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlar uchun motivatsion va foydali muloqotga aylandi