O‘rganish jarayonida, ayniqsa, oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan amaliy ishlar, ko‘rsatilayotgan yordam choralarining samaradorligi va manzilliligi tahlil qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi 125-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Mas’ullar tomonidan mahallalarda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ko‘mak choralarini samarali tashkil etish hamda tartib-taomillarni soddalashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.